Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar

0
48
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotida koʻp qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish va qoʻshma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ozarbayjon rahbari mamlakatimiz yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan samimiy tabriklab, doʻst Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi. Iqtisodiy kun tartibidagi masalalarni ikki mamlakat hukumatlari darajasida puxta ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.

Xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Qoʻshilmaslik harakati va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here