Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Muntazam oʻtkazib kelinayotgan oliy darajadagi muloqotlarda erishilgan kelishuvlarning natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari oʻsmoqda, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik sanoatida, energetika tarmogʻida, qishloq xoʻjaligi, logistika va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Madaniy-gumanitar tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlari amaliy hamkorlik dastur va loyihalarini ilgari surish borasida birgalikdagi ishlarni jadal davom ettirish muhimligini taʼkidladilar.