Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda sezilarli yutuqlarni qayd etdilar

0
99
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Joriy yil iyun oyida oʻtkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi sezilarli yutuqlar mamnuniyat bilan qayd etdi.

Avgust oyi boshida qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi hamda Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Turkiya tashqi ishlar, transport va savdo vazirlarining birinchi uchrashuvi samarali oʻtkazildi.

Joriy yilda oʻzaro tovar ayirboshlash 70 foizga oshdi. Qishloq xoʻjaligi, ipakchilik va toʻqimachilik sanoati, mashinasozlik, kimyo va boshqa tarmoqlarda qoʻshma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish boshlandi. Oʻzbekiston-Ozarbayjon investitsiya fondini tez fursatda ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Davlat rahbarlari amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish lozim ekanini taʼkidladilar. Shu maʼnoda, kelgusi kuzda ikki mamlakat hududlari forumi va sanoat salohiyati koʻrgazmasini oʻtkazish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. Boʻlajak koʻp tomonlama uchrashuvlar, shu jumladan Samarqand shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlarining rejasi va kun tartibi koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiq, samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.