Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

0
98
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuga kelgach, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlat rahbarlari oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab oldilar.

Mamlakatlarimiz yetakchi kompaniyalari va tadbirkorlari darajasida ishbilarmonlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport va boshqa ustuvor tarmoqlarda kooperatsiyani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Ikki tomonlama hukumatlararo komissiya faoliyatini jonlantirish hamda Oʻzbekiston va Ozarbayjon hududlari delegatsiyalarining oʻzaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.

Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevni mamlakatimiz Turkiy tilli davlatlar kengashiga qoʻshilgani bilan tabriklab, bu, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yangi surʼat bagʻishlashini qayd etdi.

Davlatimiz rahbari sammit yuksak darajada tashkil etilganini alohida taʼkidladi va Ozarbayjonning tashkilotda muvaffaqiyatli raislik qilishini tiladi.

Uchrashuv yakunida Prezidentlar koʻp asrlik doʻstlik va strategik sheriklikka asoslangan Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qatʼiy ekanini tasdiqladilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.