Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

0
119
marta koʻrilgan.

24 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev telefon orqali muloqot qildilar,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ozarbayjon yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, birodar Oʻzbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Prezidentlar joriy yil 21-22 iyun kunlari mamlakatimizda oʻtgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlarning sermahsul natijalarini yuqori baholadilar.

Oʻzbekiston-Ozarbayjon muzokaralari yakunida qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Hukumatlar va idoralar darajasida faol muloqotlar va almashinuvlar davom etayotgani, oʻzaro tovar ayirboshlashning oʻsish surʼatlari yuqori va barqaror ekani, kooperatsiya loyihalarini ilgari surish boʻyicha birgalikda samarali ishlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shuningdek, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlarga, shu jumladan shu yili noyabr oyida Samarqandda oʻtkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotining sammitiga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.