Oʻzbekiston va Pokiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi

0
99
marta koʻrilgan.

Muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Imron Xon Oʻzbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklik aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi Qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.

Tashrif doirasida imzolangan 8 ta hujjat almashildi. Tranzit va savdo toʻgʻrisidagi hamda Ishbilarmon doiralar vakillari va sayyohlik guruhlari uchun viza tartiblarini soddalashtirish toʻgʻrisida hukumatlararo bitimlar ular orasida alohida ahamiyatga ega.

Shuningdek, Mudofaa vazirliklari oʻrtasida harbiy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida protokol, 2021-2026 yillarga moʻljallangan Madaniy almashuv dasturi, turizm masalalari boʻyicha anglashuv memorandumi, davlat chegarasidan olib oʻtilayotgan tovarlar va transport vositalari haqida oldindan axborot almashish toʻgʻrisida bayonnoma, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Pokiston diplomatik xizmat akademiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi, Oʻzbekiston – Pokiston ishbilarmonlar kengashini tuzish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Tashrif doirasida Hukumatlararo komissiya majlisi hamda Oʻzbekiston – Pokiston biznes forumida 500 million dollarlikdan ziyod shartnomalar imzolangani maʼlum qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.