Oʻzbekiston va Pokiston Prezidentlari koʻp qirrali sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

0
93
marta koʻrilgan.

Ashxobod shahrida oʻtayotgan IHT sammiti tadbirlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Oʻzbekiston-Pokiston koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Sheriklik aloqalari, eng avvalo iqtisodiyot yoʻnalishida jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyat muhokama qilindi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.