Oʻzbekiston va Polsha Prezidentlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

0
107
marta koʻrilgan.

25 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Yetakchilar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni, shu jumladan siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi samarali sheriklikni davom ettirish masalalarini koʻrib chiqdilar.

Davlat rahbarlari Afgʻonistondagi voqealarning rivojlanishi nuqtai nazaridan mintaqadagi joriy vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.

Polsha Prezidenti fuqarolarni Afgʻonistondan mamlakatimiz hududi orqali Polshaga evakuatsiya qilish boʻyicha gumanitar operatsiyalarni amalga oshirishga koʻrsatilayotgan har tomonlama koʻmak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Afgʻon muammosini tinch yoʻl bilan hal qilish maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.