Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdilar

0
103
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qirgʻiziston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh Qirgʻiziston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq Oʻzbekiston-Qirgʻiziston yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yaqinda muhim ikki tomonlama hujjatlar – Davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisida shartnoma va Andijon suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish toʻgʻrisida bitim imzolangani va ratifikatsiya qilingani amaliy hamkorlikning chuqurlashishiga, davlatlarimiz va butun mintaqaning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, oʻzaro savdo koʻrsatkichlari oshib bormoqda – yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga yetdi. Oʻzbekiston-Qirgʻiziston taraqqiyot fondi oʻz faoliyatini boshladi, sanoat, energetika, elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi, transport va boshqa tarmoqlarda bir qator kooperatsiya loyihalari birgalikda amalga oshirilmoqda.

“Oʻzbekiston – Qirgʻiziston — Xitoy” temir yoʻli va Qambarota gidroelektr stansiyasini qurish boʻyicha yirik mintaqaviy loyihalarga faol tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Davlat rahbarlari boʻlajak muloqotlarning kun tartibini sifat jihatidan boyitish maqsadida savdo shartnomalari va investitsiya dasturlari portfelini kengaytirish muhimligini qayd etdilar.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.