Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibini muhokama qildilar

0
153
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida Qirgʻiziston Prezidenti davlatimiz rahbarini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, birodar Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarning kun tartibini tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Ikki mamlakat hukumatlari savdo shartnomalari va sanoat kooperatsiyasi bitimlarining yangi toʻplamini, shuningdek, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston strategik sherikligining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha boshqa ikki tomonlama hujjatlarni tayyorlashi muhimligi qayd etildi.

Energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston yetakchisi Qirgʻiziston Prezidentini joriy yil 20-21 iyul kunlari Choʻlponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.