Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

0
66
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  26 yanvar kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama yaxshi qoʻshnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga koʻtarilganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Mamlakatlarimiz hukumatlari, idoralari, hududlari va ishbilarmon doiralari oʻrtasida yaqin aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, avtomobilsozlik, elektrotexnika va toʻqimachilik tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda, shu jumladan qoʻshma Taraqqiyot fondi doirasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish boʻyicha birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qoʻllab-quvvatlandi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasidagi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar, boʻlajak uchrashuvlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.