Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari mintaqaviy loyihalarni yanada ilgari surish muhimligini taʼkidladilar

0
83
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro savdo hajmi jadal surʼatda oʻsmoq, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Tadbirlarga boy madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi roʻyobga chiqarilmoqda.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.

Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik infratuzilma loyihalarini tez fursatda boshlash masalalariga alohida toʻxtaldilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.