Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

0
190
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Sooronbay Jeenbekovni tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi.

Qirgʻiziston Prezidenti mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Qirgʻiziston amaliy hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.