Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

0
121
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentyabr kuni ShHT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv oʻtkazdi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Qirgʻiziston rahbari mamlakatimiz yetakchisiga har doimgidek samimiy mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirib, Samarqandda amalga oshirilgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlarini qayd etdi.

Prezidentlar strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan sermahsul ikki tomonlama hamkorlik ijobiy surʼat bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladilar. Oʻzaro savdo jadal oʻsib bormoqda, yil boshidan uning hajmi 30 foizga oshdi.

Sanoat, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, transport sohalarida qoʻshma kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Butun Markaziy Osiyo mintaqasining rivojiga xizmat qiladigan “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻli va Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Boʻlajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.