Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini koʻrib chiqdilar

0
77
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Suhbat avvalida Qozogʻiston Prezidenti davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpogʻistonda qonunga zid xatti-harakatlarga chek qoʻyish, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha koʻrilgan qatʼiy chora-tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatladi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shu jumladan sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, logistika, mahsulotlarni oʻzaro yetkazib berish sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish nuqtai nazaridan koʻp tomonlama va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.