Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

0
239
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar Qozogʻistonga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston-Qozogʻiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil boshidan oʻzaro savdo koʻrsatkichlari barqaror oshib bormoqda. Yaqinda mamlakatlarimiz oʻrtasida temir yoʻlda yoʻlovchi tashish qayta tiklandi.

Kuni kecha Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumat delegatsiyalari oʻtkazgan muzokaralarning amaliy natijalari yuqori baholandi. Qoʻshma kooperatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish muhim ekani taʼkidlandi.

Ikki mamlakat yetakchilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.