Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari keng koʻlamli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladilar

0
103
marta koʻrilgan.

3 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv oʻtkazdilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat Bosh vazirlari oʻrinbosarlari, maxsus ishchi guruhlar hamraislarining imzolangan bitimlar va qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi toʻgʻrisida hisobotlarini tingladilar.

Prezidentlar sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, boʻlajak tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.

Uchrashuv har doimgidek ochiq, samimiy va doʻstona muhitda oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.