Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdilar

0
86
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Xivada uchrashuv oʻtkazdilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, har tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq investitsiya bitimlari va savdo shartnomalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlat rahbarlari mashinasozlik, energetika, transport va logistika, konchilik, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlardagi qoʻshma loyihalarni ilgari surish yuzasidan Bosh vazirlar oʻrinbosarlari, Hukumatlararo komissiya huzuridagi ishchi guruhlar hamraislarining hisobotlarini tingladilar.

Prezidentlar tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha uzoq muddatli dasturni shakllantirish hamda transport va energetikada infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha aniq topshiriq berdilar.

Joriy yilda Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash, qoʻshma tashqi savdo kompaniyasi faoliyatini kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Gumanitar va turizm aloqalarini rivojlantirish, yoshlar ishtirokida madaniyat, taʼlim va sport sohalarida qoʻshma tadbirlar oʻtkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan suv resurslaridan oqilona foydalanish, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi.

Ikki va koʻp tomonlama shakldagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.

Uchrashuv har doimgidek ochiq, samimiy va doʻstona muhitda oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.