Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

0
286
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Suhbat avvalida davlat rahbarlari bir-birini, mamlakatlarimizning birodar xalqlari va faxriylarini Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalaba kuni bilan samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, baxt-saodat va farovonlik,  tinchlik va ravnaq tiladilar.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Oʻzaro savdo va investitsiyalar koʻrsatkichlari izchil oshib borayotgani, parlamentlar, hukumatlar va hududlar oʻrtasidagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, infratuzilma va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, boʻlajak oliy darajadagi ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.