Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

0
46
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari qardosh Qozogʻiston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.

Bunday tabiiy ofatlar keyingi paytlarda mintaqamizda kuzatilayotgan iqlimning salbiy oʻzgarishlari oqibati ekani qayd etildi.

Bu borada yaqin amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Prezidentlar yaqinda Xiva shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvdagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar va boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.