Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

0
79
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti doirasida Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarida amaliy aloqalarni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xoʻjaligi sohalarida, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. 11 noyabr kuni Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining kun tartibi muhokama qilindi.

Uchrashuvdan keyin Davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.