Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari koʻp qirrali munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

0
140
marta koʻrilgan.

24 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida Qozogʻiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan chin dildan tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Savdo va logistika, sanoat va agrosanoat sohalarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish muhimligi qayd etildi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlari darajasida yaqindan aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Shu hafta Qirgʻizistonda oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari yuksak baholandi.

Mintaqada yirik infratuzilmaviy loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirishni boshlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.