Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

0
102
marta koʻrilgan.

7 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbarlari koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalari, ishonch va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Koronavirus tarqalishi oqibatlarini tez fursatda yengib oʻtish maqsadida Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlari darajasida yaqindan muvofiqlashuv va faol almashinuvlar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash koʻrsatkichlarini oshirishga qaratilgan qoʻshma dastur va loyihalarni ilgari surish, tadbirkorlar va hududlarning yangi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali kooperatsiyani kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar tadbirlar oʻtkazishga alohida eʼtibor berildi.

Mintaqadagi voqealar rivoji yuzasidan ham fikr almashildi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Qirgʻizistondagi vaziyat ushbu mamlakat Konstitutsiyasi va milliy qonunchiligi normalariga muvofiq tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.