Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Xivada uchrashuv oʻtkazadi

0
88
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5 aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Qadimiy Xiva shahrida oʻtadigan muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini koʻpaytirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, transport va energetika sohalarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, gumanitar dasturlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladilar.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here