Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

0
84
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 dekabr kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda Prezident.uz saytida.  

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni Qozogʻiston Respublikasi birinchi Prezidenti kuni bilan samimiy tabrikladi. 

Muloqotda Prezident Nursulton Nazarboyev rahbarligida Qozogʻiston davlat qurilishi va mustaqil taraqqiyotning mustahkam asoslarini barpo etishda salmoqli natijalarga erishgani taʼkidlandi. 

Davlat rahbarining tashabbuslari tufayli Qozogʻiston xalqaro maydonda eʼtirofga sazovor boʻldi, jahon hamjamiyatining obroʻli aʼzosiga, barqaror va taraqqiy etayotgan davlatga aylandi. 

Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlat rahbarlari ikki tomonlama hamorlikning bugungi holati va istiqbollarini ham muhokama qildilar. Yakuniga yetayotgan yilda mamlakatlarimizning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlari salmoqli darajada kengaygani taʼkidlandi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oʻsdi, qoʻshma savdo uylari va zamonaviy korxonalar tashkil etildi, mintaqalararo hamkorlik faol rivojlanmoqda. 

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Markaziy Osiyo mamlakatlarining oʻzaro ishonch, hurmat va tomonlar manfaatlarini hisobga olish asosidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlarini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini bildirdilar. 

Davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro ahamiyatga molik alohida masalalar hamda yangi 2018 yilga moʻljallangan ikki va koʻp tomonlama hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.