26 dekabr kuni Sankt-Peterburg shahridagi MDH norasmiy sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Joriy yilning 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida erishilgan kelishuvlarni roʻyobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tovar ayirboshlashning oʻsish surʼatini saqlab qolish hamda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni, shu jumladan ikki mamlakat hududlari darajasida taʼminlash muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Shu bilan davlatimiz rahbari amaliy tashrifini yakunlab, “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga joʻnab ketdi.