6 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Tovar ayirboshlashning oʻsish surʼatlarini qoʻllab-quvvatlash, ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini ilgari surish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy sheriklik masalalarini ham koʻrib chiqdilar.