Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

0
65
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan oʻtkazgan telefon orqali muloqotida tovar ayirboshlash surʼatlarini taʼminlash va qoʻshma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ikki mamlakat ishbilarmonlari va hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni ilgari surishda aprel oyining oxirida Toshkent shahrida oʻtkaziladigan “Innoprom” xalqaro sanoat koʻrgazmasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasidagi hamkorlik sermahsul boʻlayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.