Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

0
62
marta koʻrilgan.

21 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi hamda boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Tovar ayirboshlash hajmini koʻpaytirish, yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish, shu jumladan hududlar oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.