Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

0
88
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida ikki mamlakat maxsus xizmatlari oʻrtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here