Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari Toshkentdagi “INNOPROM” koʻrgazmasining samarali yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etdilar

0
50
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 26 aprel kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida amaliy hamkorlikni kengaytirish, savdo munosabatlari surʼatini taʼminlash va yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash masalalari  koʻrib chiqildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ikki mamlakat yetakchilari shu kunlarda oʻtayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasining samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Ushbu tadbirda 35 mamlakat biznesining 5 ming nafardan ziyod vakili ishtirok etmoqda.

Suhbat chogʻida avtomobilsozlik, temir yoʻl transporti, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa ustuvor tarmoqlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Sanoat ipotekasi, klasterlar, industrial rivojlanish jamgʻarmasi kabi vositalarni rivojlantirish borasidagi ilgʻor tajribani oʻrganishdan manfaatdorlik bildirildi.

Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot yakunida Oʻzbekiston Prezidenti Konstitutsiya boʻyicha boʻlajak referendumning Rossiya Federatsiyasi hududida oʻtkazilishiga koʻrsatilayotgan koʻmak uchun Rossiya Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.