Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Keng koʻlamli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qildilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari tomonidan imzolangan 10 ta hujjat almashildi. Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasining bosh konsulxonasini taʼsis etish, vakolatli iqtisodiy operator institutlarini oʻzaro tan olish, “Agroekspress” tezkor temir yoʻl tashuvlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimlar, Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2024-2025 yillar uchun hamkorlik dasturi, shuningdek, transport, ilm-fan, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlik boʻyicha hujjatlar shular jumlasidan.
Ushbu kelishuvlar Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi hamkorlikni bir qator istiqbolli yoʻnalishlarda yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.