4 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish surʼati, shu jumladan oʻzaro tovar ayirboshlash ortayotgani, Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qoʻshma korxona va kooperatsiya loyihalari soni oshayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Mamlakatlarimiz hududlari oʻrtasidagi faol muloqotlarni davom ettirish, shu maqsadda har yili Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro koʻrgazmasi hamda Oʻzbekiston-Rossiya Hududlar forumi imkoniyatlarini samarali ishga solish muhimligi taʼkidlandi.
Neft-gaz sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2022 yilning 26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida oʻtgan MDH norasmiy sammitining samarali natijalarini yuksak baholandi.
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, doʻstona va amaliy ruhda oʻtdi.