Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 9 avgust kuni oʻtkazilgan telefon orqali muloqotida Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va faol gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ikki mamlakat yetakchilari boʻlajak tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqib, yaqin muddatlarda qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini, Oʻzbekiston-Rossiya hududlar, taʼlim va media forumlarini oʻtkazish muhimligini taʼkidladilar.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.