Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini koʻrib chiqdilar

0
109
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar koʻrib chiqildi, mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish, xususan, Oʻzbekiston va Rossiyaning hududlari va tadbirkorlari darajasidagi ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi. 

Taʼkidlash joizki, joriy yilning yetti oyida tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi. Ayni paytda savdo koʻrsatkichlarining oʻsishi yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni oʻzaro yetkazib berishni koʻpaytirish hisobiga taʼminlanmoqda.

Hududlar oʻrtasida faol va samarali almashinuvlar amalga oshirilmoqda, shu yilning kuzida uchinchi Oʻzbekiston-Rossiya hududlar forumini oʻtkazish rejalashtirilgan. Muhim investitsion loyihalar va madaniy-gumanitar dasturlar davom ettirilmoqda.

Suhbatda Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari, eng avvalo, amaliy sheriklikni aniq, sifatli mazmun bilan boyitish boʻyicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish orqali mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdilar.

Shuningdek, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Davlat rahbarlari joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini tashkil etish va oʻtkazish masalalariga alohida toʻxtaldilar.

Oʻzbekiston Prezidenti va Rossiya Prezidentining telefon orqali muloqati har doimgidek konstruktiv, ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.