25 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligiga doir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Davlat rahbarlari oliy darajadagi muloqotlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik boʻyicha qoʻshma loyihalarni ilgari surish masalalarini koʻrib chiqdilar.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.