Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

0
236
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 may kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Yetakchilar muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy qutlab, mamlakatlarimizning birodar xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida qabul qilingan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi batafsil muhokama qilindi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport sohalari va boshqa yoʻnalishlarda ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlat rahbarlari hududlar oʻrtasidagi muloqotlarni faollashtirish va madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish zarurligini taʼkidladilar.

Oʻzaro loyihalar va koʻp qirrali hamkorlik dasturlarini amalga oshirishni jadallashtirish uchun ikki mamlakat hukumatlari darajasida muntazam uchrashuvlar oʻtkazish va muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani qayd etildi.

Bundan tashqari, mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ishonch va doʻstlik ruhida oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.