Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

0
153
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Choʻlponota shahrida oʻtayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish asosida yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport va logistika sohalarida qoʻshma loyihalarni ilgari surish hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Qirgʻizistonning Choʻlponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining toʻrtinchi Maslahat uchrashuvi yakunlandi.

Aeroportda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi — Prezident Administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov kuzatib qoʻydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here