23 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalarni koʻrib chiqdilar.
Qoʻshni Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan mintaqaviy hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning amaliy jihatlari yuzasidan faol idoralararo aloqalarni davom ettirish muhim ekanini taʼkidladilar.