Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

0
84
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarining ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni koʻrib chiqdilar hamda mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

Mintaqamizda Afgʻoniston yoʻnalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bogʻliq vaziyatning rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratildi. Yaqin idoralararo muvofiqlashuvni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

Shuningdek, Prezidentlar boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarni, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini oʻtkazish rejasini koʻrib chiqdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.