Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

0
93
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlat rahbarlari joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida oʻtgan oliy darajadagi uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini koʻrib chiqdilar.

Suhbat avvalida Tojikiston Prezidenti davlatimiz rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasida barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatladi.

Doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Savdo, transport va sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli qoʻshma loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Toshkent va Dushanbe shaharlari oʻrtasida yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgani, Zarafshon daryosida Yavan GESi qurilishi loyihasi boʻyicha amaliy ishlar boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi yuzasidan fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.