Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari telefon orqali suhbatlashdi

0
19
marta koʻrilgan.

5 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik va yangi muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Prezidentlar Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlardan kelib chiqqan holda rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo hamkorlik va faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Davlat rahbarlari mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.