24 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Joriy yil 2-3 iyun kunlari Tojikiston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni bajarish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni oʻz vaqtida amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi. Eng avvalo energetika sohasidagi kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Joriy yil sentyabr oyida oʻtkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.