Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Ikki mamlakat yetakchilari yaqinda Tojikiston-Qirgʻiziston chegarasida roʻy bergan fojiali voqealar bilan bogʻliq masalalarni muhokama qildilar. Davlatimiz rahbari insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Vaziyatni normallashtirish yuzasidan kelishuvga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining asosiy yakunlari va uning doirasida oʻtkazilgan ikki tomonlama uchrashuv yuzasidan fikr almashildi.
Oliy darajadagi tadbirlar davomida qabul qilingan, eng avvalo, energetika, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini tayyorlashni tezlashtirish va ilgari surish boʻyicha qarorlarni tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.