Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari MDH sammiti doirasida uchrashdilar

0
107
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Markaziy Osiyoda koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Prezidentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, sanoat, energetika, transport, infratuzilma, qishloq xoʻjaligi sohalarida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi kelishuvlarni roʻyobga chiqarish zarurligini taʼkidladilar.

Shuningdek, mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan ShHT va MDH doirasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.