Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

0
96
marta koʻrilgan.

Budapesht shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonida faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari sezilarli darajada oʻsmoqda. Joriy yilning 1 iyulidan boshlab Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi. Qoʻshma korxonalar soni 2,5 mingdan oshdi.

Oʻzbekiston va Turkiya rahbarlari ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining ustuvor tarmoqlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalarini olqishladilar.

Ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasi, shu jumladan qoʻshma Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishiga hamda Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining joriy yilda oʻtkazilishi moʻljallangan sammitlariga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.