Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

0
29
marta koʻrilgan.

Qozon shahriga tashrifning birinchi kunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish boʻyicha dolzarb masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.

Ikki davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar sohalardagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.

Prezidentlar faol muloqotlar va samarali almashinuvlarni davom ettirish zarurligini qayd etdilar.

Geologiya va mineral resurslarni qazib chiqarish, elektrotexnika, mashinasozlik, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qoʻshma madaniy-gumanitar tadbirlarni muntazam oʻtkazib borish zarurligi taʼkidlandi.

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.