Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Qoʻshma investitsiya loyihalarini ilgari surish va yangi ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish, Turkiya yetakchi kompaniyalarining mamlakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.
Faol gumanitar almashinuvlarni, eng avvalo, madaniyat va taʼlim sohalarida davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Vazirlarning “Oʻzbekiston-Turkiya-Ozarbayjon” formatidagi muntazam uchrashuvlari doirasida samarali muloqotni kengaytirishga kelishib olindi.