Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini koʻrib chiqdilar

0
153
marta koʻrilgan.

26 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Turkiyaning doʻst xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Muloqot chogʻida ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston-Turkiya koʻp qirrali hamkorligi barqaror va jadal surʼatda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Turli darajalarda faol muloqotlar davom ettirilmoqda, oʻzaro savdo koʻrsatkichlari oʻsmoqda. Ikki mamlakat yetakchi hudud va korxonalarining kooperatsiyasi kengaymoqda, birgalikda qator yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Muhim madaniy-gumanitar dasturlar roʻyobga chiqarilmoqda.

Davlat rahbarlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Strategik hamkorlik boʻyicha oliy darajadagi kengashning navbatdagi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek doʻstona va ishonch ruhida oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.