Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikning dolzarb masalalarini koʻrib chiqdilar

0
147
marta koʻrilgan.

24 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sogʻlik, farovonlik va katta zafarlar, shuningdek, birodar Oʻzbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tiladi.

Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va izchil rivojlanishni taʼminlash borasidagi qatʼiy saʼy-harakatlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Ikki tomonlama hamkorlik va global siyosatning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Oliy darajada erishilgan, shu jumladan oʻzaro savdo hajmini oshirish, energetika, qishloq xoʻjaligi, qurilish sohalarida, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini jadallashtirish hamda gumanitar almashinuvni faollashtirish borasidagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekiston, Turkiya va Ozarbayjonning tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari darajasida koʻp tomonlama maslahatlashuvlarni yoʻlga qoʻyish tashabbusining amaliy ahamiyati qayd etildi. Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining sammitini oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.